Nyu-York politsiyasi 27-aprel, chorshanba kuni shahar tarixidagi eng yirik jinoiy to‘da a’zolari hibsga olinganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Nyu-York shahri va AQShning boshqa hududlarini qo‘rqitib kelgan 120 kishi politsiya qo‘liga tushdi.
“Bronksda yirik jinoiy to‘da a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi”, — deyiladi Nyu-York politsiya Departamenti xabarida.
Politsiya 27-aprel kuni erta tongda qotillik, o‘qotar qurol qo‘llash, o‘g‘rilik, bank firibgarligi, reket va giyohvandlik vositalari savdosida gumonlanayotgan guruh a’zolarini qurshab, ularni hibsga oldi.
Izoh (0)