Xitoyning IAT Design kompaniyasi Pekin avtosaloniga olti metrli Karlmann King yo‘ltanlamasini olib keldi. Yangilik atigi 10 dona tayyorlangan, har birining narxi 12 million yuan (1,9 million dollar) turadi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Mashina AQShda eng hashamatli versiyasi 71,3 ming dollar turadigan Ford F-450 Super Duty og‘ir pikapi asosida yaratilgan, faqat Karlmann andoza olingan avtomobilga qaraganda 26 marotaba qimmatlashgan, xolos. Uning 6,8 litrli o‘n silindrli Ford Triton benzinli motori bilan jihozlangani taxmin qilinmoqda.
Yo‘ltanlamasning jangovar qilichga o‘xshash ramzi toza tilladan tayyorlangan, interyeri esa qora teri, alkantara, shuningdek, tilla suvi yuritilgan yog‘och qo‘shimchalar bilan boyitilgan. Anjomlar qatoriga planshetlar uchun taglik, muzlatgich, shampan vinosi uchun qadahlar va choy ichishga mo‘ljallangan to‘plam ham kiritilgan. 20 ta dinamikali kuchli stereotizim, uch o‘lchamli ekran va stroboskop ham avto egalari ixtiyorida bo‘ladi.
Izoh (0)