Germaniya hukumati o‘zining IShIDga qarshi xalqaro aksilterror operatsiyada ishtirok etayotgan Tornado razvedkachi samolyotlari, shuningdek, yoqilg‘i quyuvchi samolyotlari uchun Turkiyada baza qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Der Spiegel nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aviabaza mamlakat shimolidagi Injirlik bazasiga yaqin hududda joylashadi. U uchish maydonchasi, kazarmalar, poligon va hordiq markazini o‘z ichiga oladi. Qurilishga Bundesver 65 million yevro sarflaydi.
Germaniya kuchlari hozircha Injirlik bazasidan foydalanib kelmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)