Yaponiyaning zilzila yuz bergan Kyusyu oroli hududida evakuatsiya qilinganlar soni 117 ming kishiga yetdi. Bu haqda, “Kiodo” agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Bu yer silkinishining epimarkazi joylashgan Kumamoto prefekturasi va qo‘shni Oita prefekturasidagi jami evakuatsiya qilinganlar sonidir. Evakuatsiya qilinganlar ochiq maydonlar yoki sport zallariga joylashtirildi. Chunki ularning uylarida qolishi hamon xatardan xoli emas.
Eslatib o‘tamiz, 14-aprel kuni Yaponiyada 2011-yildan beri eng kuchli zilzila ro‘y berdi. Zilziladan so‘ng 600 dan oshiq yerosti silkinishi qayd etildi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilalar natijasida qurbon bo‘lganlar soni 44 kishiga yetdi.
Izoh (0)