O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Rossiyaning “RIA Novosti” axborot agentligi yanglish ma’lumot tarqatganligini bildirdi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
6-aprel kuni “RIA Novosti” O‘zbekiston va Xitoy Ipak yo‘li doirasida avtomobil harakati tartibini yengillashtirishini ma’lum qilgan edi. Xabarnomada O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i Vohid Ismoilovga tayanilgan holda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida avtomobil aloqalari bo‘yicha yangi shartnoma imzolagani bildirilgan edi. Shuningdek, Xitoyning tashabbusiga ko‘ra 40 milliard dollar kapitalizatsiyaga ega investitsion jamg‘arma yaratilgani ta’kidlangandi.
Ammo avtomobil va transport agentligi ushbu axborotni inkor etib, o‘z vakili matbuot anjumanida ishtirok etmaganini hamda bu borada hech qanday izoh bermaganini bildirdi.
Izoh (0)