AQSh harbiy-dengiz kuchlari aprel oyining boshlarida Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollar yaqinidan kemalarini olib o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aksiya qachon amalga oshirilishi ma’lum qilinmayapti. Shuningdek, unda qanday kemalar ishtirok etishi aniq emas.
Bu AQSh harbiy-dengiz kuchlarining mazkur dengiz hududidagi uchinchi aksiyasidir. Ilgari Xitoy rasmiy Vashingtonning bu taxlit xatti-harakatlariga e’tiroz bildirgan edi.
Izoh (0)