Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hatton Promotions promouterlik kompaniyasi professional boksning superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning muntazam chempioni Lukas Braunning doping mojarosi borasidagi rasmiy bayonotini e’lon qildi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

5-mart kuni superog‘ir vazn toifasida chempionlik kamarini o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevdan tortib olgan avstraliyalik charm qo‘lqop ustasi doping iste’mol qilganlikda ayblangandi.

“Barchani ishontirib shuni ayta olamanki, men taqiqlangan moddalar iste’moliga qarshiman va hech qachon bunday pastkashlikka yo‘l qo‘ymayman. Shu o‘rinda bir narsani aytishim kerak, men va jamoam Checheniston hududida jang o‘tkazish katta tavakkal ekanini oldindan bilgan edik. Lekin voqealar rivoji bu darajada o‘zgarib ketishini xayolimga ham keltirmagandim.

Shuningdek, aynan mening jamoam doping masalasiga jiddiy e’tibor qaratgan va ixtiyoriy doping nazoratidan o‘tish assotsiatsiyasi, ya’ni VADA xizmatiga murojaat qilgandi. Hozircha shu gaplarni aytish bilan chegaralanaman. Tez orada barcha masalaga oydinlik kiritiladi”, — deyiladi Braunning bayonotida.

Lukas Braunning rasmiy bayonoti.

Lukas Braunning rasmiy bayonoti.
Foto: “iSport.ua”

Eslatib o‘tamiz, avstraliyalik 36 yoshli bokschidan olingan doping tahlilida klenbuterol moddasi borligi aniqlangan edi. Bu esa Xalqaro antodoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar qatoriga kiritilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi