Bryussel aeroportida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 16 kishiga yetdi. Bu haqda aeroport vakilining so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq metrodagi portlash natijasida 20 kishi halok bo‘lgani, yana 14 kishi aeroportdagi ikki portlashning qurboniga aylangani, 230 kishi jarohat olgani xabar qilingan edi. Endilikda aeroportdagi terakt qurbonlari soni 16 kishiga yetgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22-mart, seshanba kuni Belgiya poytaxtining aeroporti va metrosida qator portlashlar sodir etildi.
Izoh (0)