• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    O‘zbekistondagi chet el avtosalonlari: nima, qachon, qayerda, necha pul?

    O‘zbekiston o‘z avtomobilsozlik sohasiga ega mamlakatlardan biri. Mamlakatimizda har yili minglab yengil avtomobillar, yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarilmoqda. Avtotransport vositalariga bo‘lgan talab esa kundan-kun o‘sib bormoqda.

    Kimdir ko‘pdan beri xorijiy lyuks avtomobilni boshqarish orzusida yurgan bo‘lishi mumkin, yana birovning esa o‘z tadbirkorlik subyekti yoki fermer xo‘jaligi uchun mos yuk tashuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtomobilga ehtiyoji bor. Xamyonbop oilaviy universal avtomobillar (wagon’lar) esa, baxtga qarshi, hozircha O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgani yo‘q. Shunday vaqtda xorij avtomobillari bilan savdo qiluvchi avtosalonlarga murojaat qilish zarurati tug‘iladi.

    “Avtobor.uz” bilan hamkorlikda hozirgi kunda o‘zbekistonlik xaridorlarga xorij avtomobillarini sotish va yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan kompaniyalar haqidagi ma’lumotlarni Sizga taqdim etamiz.

    Evergreen Motors (KIA)

    Foto: Evergreen Motors

    Foto: Evergreen Motors

    Janubiy Koreyaning ilg‘or avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan Kia Motors’ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri Evergreen Motors kompaniyasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ushbu kompaniya O‘zbekistondagi xaridorlar uchun Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan Kia Cerato, Kia Optima, Kia Cadenza, Kia Quoris sedanlari, Kia Rio, Kia Picanto xetchbeklari hamda Kia Sportage, Kia Sorento yo‘ltanlamaslarini taklif qilmoqda.

    Foto: Evergreen Motors

    Foto: Evergreen Motors
    Odatda xaridor o‘ziga ma’qul avtomobilni Evergreen Motors’ning Toshkentdagi avtosalonidan topa oladi va o‘z mashinasini 1—7 kun ichida olib ketishi mumkin. Avtomobillar narxiga kelsak, bu uning yetkazib berish qiymatini ham o‘z ichiga olgan summa va bojxona to‘lovlariga qarab o‘zgaradi. Masalan, xaridorgir Kia Optima’ning narxi modifikatsiyasiga qarab 26 600 dollardan 28 400 dollargacha, bojxona to‘lovlari esa 78,7 million so‘mdan 81,6 million so‘mgacha farqlanadi. Tafsilotlar.

    Avtoban Group (“UAZ” va Chevrolet Niva)

    Foto: Avtoban Group

    Foto: Avtoban Group
    Agar ov qilish yoki baliq tutish, tabiat qo‘ynida dam olish, bir so‘z bilan aytganda — yo‘lsiz joylarda vaqt o‘tkazishni xush ko‘rsangiz, mos avtomobil egasiga aylanishda Avtoban Group Sizga eng yaxshi ko‘makchi bo‘ladi. Mazkur kompaniya Chevrolet Niva ixcham yo‘ltanlamaslari hamda afsonaviy “UAZ” avtomobillarini O‘zbekistondagi dileri hisoblanadi. Ayniqsa, “UAZ” borasida tanlov juda keng — yangi “UAZ Patriot”, “UAZ Pikap” va “UAZ Xanter”dan tashqari, eng yangi “UAZ Kargo” pikapi, fermerlar yordamchisi — “UAZ Fermer” (“UAZ-39094”), yo‘lovchi, yuk, non va boshqa yuklarni tashishga ixtisoslashgan turli modifikatsiyadagi “UAZ”lar, xullas, xalq orasida “Buxanka” nomi tanilgan “UAZ”larning 20 ga yaqin ko‘rinishidan birini buyurtma qilish mumkin. Avtomobillarni xalqaro to‘lov kartalaridagi xorijiy valyuta hisobiga sotib olish mumkin, bundan tashqari, jismoniy shaxslarda pulni bir yil davomida bo‘lib to‘lash imkoni ham bor. Bu avtosalonda xaridor 4 soat ichida avtomobil egasiga aylanib, uyiga yangi Niva yoki “UAZ”da qaytadi. Tafsilotlar.

    Audi Center Tashkent

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    Jahonga mashhur avtoishlab chiqaruvchilardan biri, masalan, Audi tomonidan tayyorlangan avtomobilni sotib olish istagingiz bor. Buning uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqish shart emas — Audi AG avtokonsernining rasmiy importchisi hisoblangan Audi Center Tashkent kompaniyasi didingiz ga mos Audi’ga buyurtma berib, istagingizdagi avtomobilni 60—90 kun ichida yetkazib beradi. Avtomobillarga ikki yillik kafolat beriladi (bu davr mobaynida avtomobil necha kilometr yo‘l bosgani ahamiyatsiz), Toshkentda xizmat ko‘rsatish markazi ham bor. Narx esa, har bir avtomobil individual ravishda yig‘ilgani sabab, buyurtmaga qarab o‘zgaradi. Agar xaridorga ma’qul avtomobil avtosalonning o‘zida mavjud bo‘lsa, pul 100 foiz hajmda to‘lanadi. Agar Audi AG’ga buyurtma berish kerak bo‘lsa, u holda dastlab avtomobil qiymatining 30 foizi oldindan to‘lanadi, avtomobil ishlab chiqarilib, yetkazib berishga tayyor bo‘lganidan so‘ng qolgan 70 foizi to‘lanadi. Tafsilotlar.

    Roodell (Lada)

    Roodell kompaniyasi — “AvtoVAZ” (Rossiya) konsernining O‘zbekistondagi rasmiy importchisidir. Kompaniya “AvtoVAZ”ning barcha modellari — Kalina, Granta, Largus, Lada 4x4, Vesta, Xray’ni, uning “VIS Avto” va “Bronto” kabi shu’balari tomonidan tayyorlangan modellarni (Lada Granta va Lada 4x4 bazasidagi pikaplar, “Bronto”lar (uzunlashtirilgan “Niva”lar), shuningdek, yanada takomillashtirilgan Lada 4x4 (qadrdon “Niva”), “Ris” va botqoqdayurarlarni yetkazib beradi. Albatta, maxsus avtomobillar (deylik, o‘sha botqoqdayurarlar) bo‘yicha alohida kelishish kerak, biroq Lada Kalina, Lada Granta va Lada 4x4 kabi ommabop modellar Roodell avtosalonida har doim bor va xaridor avtomobil pulini to‘lab, uni haydab chiqib ketaveradi. To‘lov xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladi, chegirmalar bor, aksiyalar muntazam ravishda o‘tkazib turiladi. Qayd etish joiz, Lada Vesta savdolari yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Tafsilotlar.

    Premium Avto (BMW va Nissan)

    BMW va Nissan’ning O‘zbekistondagi rasmiy vakili hisoblangan Premium Avto kompaniyasi mazkur brendlarning avtomobillariga buyurtma berish, sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatadi. BMW’lar individual buyurtma bo‘yicha tayyorlanadi, shuning uchun bu borada aniq bir narxni aytish qiyin. Nissan’lar narxi esa klass va modeliga qarab farqlanadi. BMW uchun pul yevroda, uning bojxona to‘lovlari esa so‘mda to‘lanadi, Nissan uchun esa naqd pulda to‘lov qabul qilinadi. Avtomobillar 60—90 kun ichida yetkazib beriladi va BMW’larga, qancha yo‘l bosishidan qat’iy nazar, ikki yilgacha, Nissan’larga ham ikki yilgacha (yoki 50 000 kilometr yo‘l bosgunicha) kafolat beriladi. Avtomobillarga biror kor-hol bo‘lsa, Toshkentda servis-markaz bor. Premium Avto orqali original ehtiyot qismlarga buyurtma berish ham mumkin. Tafsilotlar: BMW va Nissan.

    Sardor-Avto Invest (ZAZ, LADA, “UAZ”, “GAZ”)

    Foto: “MyCars.uz”

    Foto: “MyCars.uz”
    Masalan, Sizga ZAZ Forza juda ma’qul keldi va sotib olmoqchisiz. Unda Sardor-Avto Invest’ga marhamat (ha-ya, ZAZ’ning Forza’dan boshqa modellari ham bor — Vida sedani va xetchbeki, Sens furgoni). Yuk yoki yo‘lovchi tashiydigan “Gazel” kerakmi? Sardor-Avto Invest’ga marhamat! Bu yerda, shuningdek, Toyota, Hyundai, Mercedes-Benz mikroavtobuslarini ham topish mumkin va bu ham hali hammasi emas (masalan, Sardor-Avto Invest taklif qiladigan maxsus texnikalar haqida umuman indamadik). Avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari to’liq avtosalon tomonidan amalga oshiriladi. Pul to‘lash usuli esa avtomobil markasi va modeliga qarab o‘zgaradi. Agar xaridorga kerakli mashina avtosalonda yo‘q bo‘lsa, uning qiymati oldindan 85 foiz to‘lanadi. Buyurtma qilingan avtomobil uzog‘i bilan 1,5 oyda xaridorga yetkazib beriladi. Tafsilotlar.

    Dongnam Uz Motors (Hyundai)

    Foto: “Bibi.uz”

    Foto: “Bibi.uz”

    Hyundai Motors’ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri hisoblangan Dongnam Uz Motors avtosaloni o‘z xaridorlariga Hyundai Accent, Elantra, i-40, Sonata, Tucson, Santafe, H-1 (Grand starex), Genesis va Eqqus modellarini taklif qilmoqda. Genesis va Eqqus avtomobillari buyurtma asosida (90—120 kun ichida) yetkazib beriladi, qolgan modellar Toshkendati avtosalonning o‘zida mavjud. Kompnaiya taklif qilayotgan eng arzon sedan — Accent’ning narxi 19 000 dollar, eng qimmat (Genesis va Eqqus’dan tashqari) — Sonata’ning narxi esa 45 000 dollardan boshlanadi. Hyundai egalari uchun maxsus servis-markaz va ehtiyot qismlar do‘koni ham faoliyat ko‘rsatadi. Tafsilotlar.

    “Avtobor.uz” sayti chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston hududida sotish bilan shug‘ullanuvchi yuqorida qayd etilgan kompaniyalarning barchasi bilan hamkorlikda ishlaydi. Bundan tashqari, “Avtobor.uz” saytida Mercedes-Benz, “Gazel”, Xitoyning Lifan, Chana, Dong Feng kabi brendlari bilan savdo qiluvchi avtosalonlarning takliflari bilan tanishish mumkin. Sotilayotgan avtomobillar borasida yanada ko‘proq takliflarni ko‘rib chiqish istagida bo‘lsangiz, unda “Avtobor.uz”ga o‘tishingizni tavsiya qilamiz.

    Reklama huquqi asosida

    05.03.2016, 14:19   Izoh (0)   56219
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tyunerlar Lamborghini Huracan’ni Saudiya Arabistonidagi shahar nomi bilan atadi (foto)

    04.03.2016, 16:32

    Toshkentda simyog‘ochga urilgan Chevrolet Nexia avtomobilida yong‘in kelib chiqdi

    02.03.2016, 10:22

    Kun fotosi: Nur qaytargichli maxsus nimcha sotuvchilar bozori

    02.03.2016, 10:06

    Google haydovchisiz avtomobili birinchi marta yo‘l-transport hodisasi sababchisiga aylandi

    01.03.2016, 10:23

    Toshkent ko‘chalarida “Foto- va video qayd etish” qo‘shimcha axborot belgilari paydo bo‘ldi

    01.03.2016, 10:10

    OAV: Apple Kaliforniyada maxfiy ravishda avtomobil yaratish ustida ish olib bormoqda

    28.02.2016, 20:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Sud qarorini foydamizga chiqarmasang, bolalaringni o‘ldiramiz”— badavlat oilada ulg‘aygan va saratonni butunlay yenggan aktrisa Ra’no Shodiyeva 46 yoshda (foto, v...

    Shou-biznes | 12 avgust, 17:10

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    AQSHda erkak otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 12 avgust, 17:00

    Alexandro Garnacho “Manchester Yunayted” rahbariyatiga shart qo‘ydi

    Sport | 12 avgust, 16:55

    Qirg‘izistonda pornografik material saqlagan va tarqatganlar jazolanadi

    Qirg‘iziston | 12 avgust, 16:45

    Multfilmlar o‘rniga zerikish: mutaxassis bolalar uchun bo‘sh vaqtning foydali tomonlarini tushuntirdi

    Farzand | 12 avgust, 16:30

    “Isroil G‘azoda hech qachon tugamaydigan urush boshlamoqda” — Makron

    Dunyo | 12 avgust, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 16:05

    Xitoy sun’iy intellektli robot kiyiklarini Tibetga yubordi (video)

    Dunyo | 12 avgust, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.