Bahorning ajoyib kunlarida xonadoningizga nafis ranglardagi serjilo yorqinlikni olib kirishning ayni vaqti.
HERITAGE gilamlar tarmog‘ining yevroklassika, klassika va modern dizaynida tayyorlangan yangi turdagi gilam va gilam mahsulotlari sizga yuqori kayfiyat baxsh etishi bilan birga, o‘zining mustahkam tolalari, naqshlarning zamonaviy uyg‘unligi, har tomonlama qulay bichimlari orqali uyingizning ko‘rkiga aylanadi.
Yangi to‘plam dunyoning eng mashhur gilam ishlab chiqaruvchi tarmoqlariga ega — Turkiyadagi Karmen Hali, Belgiyadagi “Rojer Vanden Berg” va Eronning mohir gilamdo‘zlaridan, gilam fabrikalaridan birinchi qo‘ldan olib kelingan.
Turkiyaning mutlaqo tabiiy va qimmatbaho tolali gilamlari Sharq an’analari hamda go‘zalligini namoyon etib, asrlar davomida saqlanib kelingan dekoratsiyaning muhim qismi sifatidagi vazifasini zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirgan. Belgiyada tayyorlangan jun va ipak tolali gilam mahsulotlari Yevropa sifati, ekologik tozalik, dekorativ boyligi jihatidan boshqa shu turdagi gilamlardan ajralib turadi. Eron gilamlaridagi forsiy madaniyatning betakror elementlari, naqshlar o‘ynoqiligi va mayin bezaklar esa har qanday did sohibini hayratlantira oladi.
Eng muhimi, ipak, jun, paxta, jut, viskoza, akril, xit-set karving kabi 20 dan ortiq xomashyolar hamda 8, 10 va 16 xil rangdan tayyorlangan HERITAGE gilamlari 25 yillik kafolatga ega.
Bundan tashqari, siz HERITAGE gilamlarini sotib olgan holda dizaynerlik maslahati, manzilga yetkazib berish va interyer bo‘yicha moslashtirish kabi xizmatlardan bepul foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.
Do‘konda tovlanib turgan yuqori sifatli, haqiqiy gilamlarni xarid qilishga shoshiling.
Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi, 18-uy (Mo‘ljal: “Huvaydo” to‘yxonasi).
Murojaaat uchun telefonlar:
- (+998-90) 347-77-04
- (+998-97) 702-70-70
Izoh (0)