Toshkentdagi Furqat nomidagi istirohat bog‘i yaqinida 2 martga o‘tar kechasi Chevrolet Nexia avtomobili katta tezlikda simyog‘ochga urildi, to‘qnashuv oqibatida avtomobilda yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida xabar qoldirilgan.
Fotoxabar muallifining qayd etishicha, Chevrolet Nexia “soatiga 100—120 kilometr tezlikda kelib, simyog‘ochga urilgan”. Shundan so‘ng avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.
“Mast holdagi haydovchi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlaridan qochayotgan bo‘lgan. Hamma omon, jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan”, — deb yozadi fotoxabar muallifi.
Xabar ostida fikr bildirganlarning ba’zilari avtomobilning soatiga 100—120 kilometr tezlikda harakatlanib, simyog‘ochga urilganini shubha ostiga olgan.
“Agar mashina shunday tezlikda ustunga urilsa, o‘ylashimcha, jabrlanuvchini davolab bo‘lmaydi. Suratdagi avtomobil bunchalik katta tezlikda urilganga o‘xshamayapti”, — deb yozadi ulardan biri.
Izoh (0)