Hindiston shimolida joylashgan Xaryana shtatidagi ommaviy isyonlar oqibatida besh kun ichida 28 kishi halok bo‘ldi, 250 nafarga yaqin odam yaralandi. Bu haqda politsiya rahbarining ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“O‘tgan juma, 19-fevral kuni yuzaga kelgan hamda besh kun davom etgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi. 250 dan ortiq odam jarohat oldi. Politsiya surishtiruvlari natijasiga ko‘ra, 127 nafar faol tashkilotchi hibsga olindi. 535 nafar isyonchiga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — dedi politsiya rahbari Yash Pal Singal.
To‘qnashuvlarda, shuningdek, 20 dan ortiq politsiyachi jabrlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu isyonlar oqibatida 19 kishining halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)