“Bunyodkor” jamoasi ustozi Sergey Lushchan “An-Nassr”ga qarshi (3:3) Osiyo Chempionlar Ligasining 1-turidan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deya xabar qiladi “Bunyodkor” klubi matbuot xizmati.
“Bugun “An-Nassr”ga qarshi ajabtovur o‘yin bo‘ldi. Bu uchrashuvni men vaziyatlar boy berilgan bahs, degan bo‘lardim. Raqib darvozasiga uchta gol kiritdik. Bir qator vaziyatlar yuzaga keldi va ulardan unumli foydalanishimiz kerak. Shunda raqib to‘liq taslim bo‘lardi. Yo‘l qo‘ygan xatolarimiz tufayli 3 ta gol o‘tkazib yubordik. Har ikkala jamoa muxlislari uchun qiziqarli o‘yin bo‘ldi”, — deydi murabbiy.
“Raqibning himoya chizig‘i zaif nuqtasi ekanini bilib oldik va shunga yarasha hujumkor o‘yin namoyish etdik. O‘z shogirdlarim bilan faxrlanaman”, — deya qo‘shimcha qildi “Bunyodkor” ustozi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinida “Bunyodkor” “An-Nassr”ni, 1-mart kuni o‘z maydonida qabul qiladi.
Izoh (0)