Terror tahdidi munosabati bilan Tailandning barcha asosiy turistik yerlarida, shuningdek, chegarada xavfsizlik choralari oshirildi. Bu haqda mahalliy politsiya vakillariga tayangan holda “TASS” agentligi xabar bermoqda.
Tailand politsiyasi rahbari o‘rinbosari Srivar Ransibraxmanakulning so‘zlariga qaraganda, huquq-tartibot organlari, sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan obyektlar qatorida, Bangkok hamda kurort shaharlardagi savdo markazlarida ham nazoratni kuchaytirgan.
Bir muddat ilgari AQShning Tailanddagi elchixonasi qirollik politsiyasi rahbariga xat yo‘llab, unda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida IShID jangarilari terrorchilik aktlarini uyushtirishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
“Tailandda maxsus xizmatlar IShID guruhi faoliyati izlarini topmadi, shunga qaramay, xavfsizlikni unutmaslik kerak”, — deb ta’kidladi Ransibraxmanakul.
Izoh (0)