AQShning Michigan shtatidagi otishmada gumon qilinayotgan kimsa qo‘lga olindi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Michiganning Kalamazu okrugidagi bir necha tumanlarda avtomobilda bo‘lgan noma’lum kimsa tartibsiz o‘t ochdi. Avvaliga u xususiy uy yaqinida o‘q uzdi va bir ayolni yaraladi. Oradan uch soat o‘tib, jinoyatchi birinchi hodisa joyidan bir necha kilometr uzoqlikda yana o‘t ochdi va buning oqibatida ikki kishi o‘ldirildi, bir kishi jarohat oldi. Shundan so‘ng erkak mahalliy restoran yaqinida bir yo‘la to‘rt kishini otib tashladi, bir kishini yaraladi va yashirindi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari otishmada gumon qilib, 45 yoshli erkakni qo‘lga olgan. Hozir u so‘roq qilinmoqda. Gumonlanuvchining avtomobilidan qurol topilgan.
Izoh (0)