Migratsiya ishlari bo‘yicha Britaniya sudi 92 yoshli Mirtl Kotillni mamlakatdan deportatsiya qilish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda The Daily Mail xabar beradi.
Keksa ayol JARdan qirollik fuqarosi hisoblangan qizining oldiga kelgan va uning yonida qolishga qaror qilgan edi. Sud ayolni qo‘llab-quvvatlab 55 mingta imzo to‘plagan onlayn-petitsiyani inobatga olmadi.
Nashrning aniqlik kiritishicha, 2014-yilda beva qolgan Mirtl Pul shahrida (Dorset grafligi) yashovchi 66 yoshli qizi Meri Uillsnikiga kelgan. Chunki JARda unga g‘amxo‘rlik qilishi mumkin bo‘lgan qarindosh va do‘stlari qolmagan. Oxirgi yillarda Uills onasiga Buyuk Britaniyada yashash huquqini rasmiylashtirishga uringan.
Sud yurak yetishmovchiligi, qisman yaxshi eshitmaslik va bir ko‘zida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan ayol mamlakatni kelgusi haftada tark etishi lozimligi haqida qaror chiqardi. Unga yo‘l xarajatlari uchun ming funt ajratiladi.
Izoh (0)