Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Dmitriy Tarasov Yevropa Ligasining nimchorak finali doirasida “Fenerbaxche”ga qarshi Istanbulda o‘tkazilgan uchrashuv yakunida maydonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin surati tushirilgan futbolkada tark etdi, deb xabar bermoqda Meduza sayti.

Foto: Instagram / @tarasov23

Foto: Instagram / @tarasov23

Uchrashuv yakunlangach, Tarasov jamoa futbolkasini yechgan, shunda uning ostida Putinning harbiy libosda tushgan surati hamda “Eng xushmuomala prezident” yozuvi joylashtirilgan boshqa futbolka borligi ma’lum bo‘lgan.

“U mening prezidentim, – dedi futbolchi ‘R-Sport’ga bergan intervyusida. – Men uni hurmat qilaman va har yerda qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimni ko‘rsatmoqchi edim”.

UEFA qoidalari musobaqalar ishtirokchilariga siyosiy bayonotlar berishni taqiqlaydi, shu bois “Lokomotiv”ga nisbatan choralar ko‘rilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati