Yamanda 2015-yil mart oyidan buyon davom etayotgan qurolli mojarolar tufayli 6 mingdan ziyod kishi, shu jumladan, 3 ming nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O’Brayen bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
O’Brayenning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan hukumat kuchlari va shia isyonchilari (xusiylar) o‘rtasida 11 oydan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlar oqibatida 6 mingdan ziyod kishi qurbon bo‘lgan, 29 mingga yaqin odam yaralangan.
“BMT qurbon bo‘lganlardan kamida 2 997 kishi va yaralanganlardan 5 659 kishi tinch aholi vakili bo‘lganligini tasdiqladi”, ― dedi o‘rinbosar.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshida Yaman hukumati va prezident Abd Rabbo Mansur Hodiy tarafdori bo‘lgan kuchlar mamlakat shimolida, al-Jauf viloyatidagi strategik harbiy baza ustidan nazoratni tiklagan edi.
Izoh (0)