Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi buyragida o‘tkazilgan kichik operatsiyadan keyin mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqida klubning rasmiy sayti bergan ma’lumotlarga asosan “Uff.uz” xabar qilmoqda.
Shifokorlarning taxmin qilishicha, Messi “Selta”ga qarshi 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga to‘liq sog‘ayishga ulguradi.
28 yoshli Messi joriy mavsumda 17 marta maydonga tushib, 12 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi buyragini operatsiya qildirgach, shifoxonani tark etganligi haqida xabar qilingan edi.