Shifokorlar tomonidan o‘lganligi qayd etilgan xitoylik bolakay krematsiya (o‘likni kuydirish)dan bir necha daqiqa avval o‘ziga keldi. Bu haqda The Independent nashri ma’lumotiga tayanib, “Bfm.ru” xabar beradi.
O‘g‘il bola Chjetszyan provinsiyasida yetti oylik bo‘lib tug‘ilgan. U uch haftaga yaqin inkubatorda saqlangandan so‘ng, uning ota-onasi shifokorlarning qarshiligiga qaramasdan, Xitoy Yangi yilini nishonlash uchun bolakayni uyiga olib ketgan.
Bir necha kundan keyin chaqaloq kasal bo‘lib qolgan. Uni tibbiy markazga olib kelishganda esa u vafot etgan. Shundan keyin uning tanasi o‘likxonada minus 12 darajada 23 soat saqlangan.
Keyingi kuni o‘likxona xodimlari uni krematoriyga yetkazish uchun muz kameradan chiqarganda, chaqaloq kutilmaganda yig‘lab yuborgan.
Shifokorlar bu holatdan hayratga tushib, buni mo‘jiza deb atadi va bundan keyin bemorning o‘lgan ekanligini qayd etishdan avval bunga takroran ishonch hosil qilishini ta’kidladi.