General Motors (GM) avtokonserni tormoz tepkisidagi muammolar tufayli AQSh va Kanada bo‘ylab 473 mingta pikap (yengil yuk ortish avtomashinasi) va yo‘ltanlamaslarni chaqirib oladi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Vedomosti” xabar qilmoqda.
Chaqiriladigan avtomashinalar 2015 va 2016-yillarda ishlab chiqarilgan Chevrolet Silverado HD, GMC Sierra HD va politsiyachilarga mo‘ljallangan Chevrolet Tahoe rusumlariga mansub.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Honda kompaniyasi xavfsizlik yostiqchalaridagi muammo tufayli Shimoliy Amerikadan 2,2 millionta avtomobilni chaqirib olishga qaror qilgandi.
Izoh (0)