Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Blue Origin xususiy aerokosmik kompaniyasi egasi Jeff Bezos ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan New Shepard raketasi qo‘nishining videosini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Space Flight Now

Foto: Space Flight Now
Suratga olish raketa korpusiga mahkamlangan kamera yordamida olib borilgan.

Namoyish etilgan sinov Texasdagi poligonda 2016-yil 22-yanvarda amalga oshirilgan. O‘shanda New Shepard raketasi va kosmik kema 101,7 km yuqoriga uchgandi.

Shu tariqa Blue Origin ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan raketa yaratgan birinchi kompaniyaga aylandi.

Eslatib o‘tamiz New Shepard 2015-yilning 23-noyabrida ilk bor parvoz qilib, Yer ustidan 100,5 km balandlikka ko‘tarilgan va vertikal qo‘nishni amalga oshirgan tarixdagi birinchi raketa bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda