Bavariyada ikki poyezdning ro‘paradan to‘qnashuvi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi. Bu haqda politsiya bergan ma’lumotlarga asosan “Vedomosti” xabar qilmoqda.
Shuningdek, Sueddeutsche Zeitung nashri 90 nafar yo‘lovchining zarar ko‘rganligini va 18 nafar kishining og‘ir tan jarohati olganligini ma’lum qilgan.
Oldinroq 150 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, ulardan kamida 10 nafarining ahvoli og‘ir ekanligi xabar qilingan edi.
Hodisa daryo va o‘rmon o‘rtasidagi aylanadan o‘tgan bir yo‘nalishli temiryo‘lda sodir bo‘lgan. Maxsus texnikaning voqea joyiga yetib borishi qiyin bo‘lmoqda.
Poyezdlarning to‘qnashib ketishi sabablari hozirga qadar noma’lum. Ikkala poyezdning haydovchisi va boshliqlari halok bo‘lgan. Qutqaruv ishlarida yuzlab odam ishtirok etmoqda.
Izoh (0)