Trivago sayyohlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida Yevropaning eng arzon va mashhur poytaxtlari hamda kurortli shaharlari aniqlandi. Bu haqda The Daily Mail nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, eng arzon poytaxtlar orasida birinchi o‘rinni Bolgariyaning Sofiya shahri egalladi. Shaharda bir kun yashash uchun o‘rtacha 67 dollar sarflanadi. Ro‘yxatdagi ikkinchi o‘rin Makedoniyaning Skopye shahriga nasib qilib, bu yerda sayyoh kun davomida 70 dollar sarflaydi. Uchinchi navbatda Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahri ko‘rsatib o‘tilgan. Shaharda bir kecha-kunduz tunash uchun o‘rtacha 74 dollar xarajat qilinadi.
O‘z navbatida, London shahri Yevropaning eng qimmatli poytaxti deb topildi. Shaharda bir kunlik xonani ijaraga olish uchun 267 dollar sarflanadi. Shveysariyaning poytaxti Bern (219 dollar) va Fransiyaning poytaxti Parij (196 dollar) tegishincha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Izoh (0)