Rossiyaning Omsk shahrida 11 yoshli bola o‘zining ukasi va singlisini uyda sodir bo‘lgan yong‘indan qutqardi. Bu haqda Rossiya FVV Omsk viloyati bosh boshqarmasi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in sodir bo‘lganda uyda ikki nafar erkak va uch nafar bola bo‘lgan. Bolalarning onasi do‘konga chiqib ketgan.
2004-yilda tug‘ilgan Artyom yong‘in sodir bo‘lganligini o‘z vaqtida payqab qolib, uyda uxlab yotgan 2010-yilda tug‘ilgan ukasi va 2013-yilda tug‘ilgan singlisini uydan tashqariga olib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan. Yuzaga kelgan yong‘in haqida o‘t o‘chiruvchilar o‘z vaqtida xabar qilinmaganligi sababli uy olovdan jiddiy zarar ko‘rgan.
Voqea joyida tezkor tergov guruhi ish boshladi. Hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)