Italiya karabinerlari maxsus bo‘linmasi Sitsiliyaning Messina provinsiyasida 3-fevral, chorshanba kuni mafiya bilan kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani o‘tkazdi. Operatsiya davomida 13 nafar xavfli jinoyatchi hibsga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, gap 1993—2012-yillar davomida 17 ta qotillikni sodir etgan gangsterlar haqida bormoqda. Ushbu jinoyatlardan biri eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan, 1993-yilning yanvarida sitsiliyalik mashhur jurnalist Juzeppe Alfanoning o‘ldirilishidir. Jurnalist “Koza Nostra” faoliyati yuzasidan surishtiruv olib borgan.
Messinadagi operatsiya bilan bir vaqtda Sitsiliya huquqni muhofaza qilish organlari mashhur qurilish magnati Franchesko Pekori merosxo‘rlarining mol-mulkini musodara qildi. Franchesko 2011-yilda vafot etgan bo‘lib, u “Koza Nostra”ning nufuzli hamtovoqlaridan biri hisoblangan.
Izoh (0)