Misrning Iskandariya shahridagi xususiy gospitalda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 27 kishi zarar ko‘rdi. Bu haqda “Al-Ahram” nashri bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lib, bundan tashqari, turli xil kuyish jarohati olgan va isli gazdan zaharlangan 27 nafar odam shifoxonalarga yuborildi.
Ta’kidlanishicha, yong‘in shifoxonaning radioterapiya bo‘limida boshlangan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum.
Yong‘inni bartaraf qilish maqsadida 10 ta o‘t o‘chirish guruhi jalb qilindi.
Izoh (0)