Hindistonning Chennay shahrida o‘z tarixida sakkizinchi bor tashkil etilgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy Chennai Open xalqaro turniri yakuniga yetdi. Mazkur turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan xalqaro grossmeyster Marat Jumayev yakunda 10-o‘rinni egalladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Kecha, 25-yanvar kuni musobaqada 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Afsuski, hal qiluvchi o‘yinda Marat Jumayev mag‘lubiyatga uchrab, sovrinli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Agar Jumayev rossiyalik Vladimir Belousni mag‘lub etganida, aniq kuchli uchlikdan joy olardi. Lekin tajriba va reytingdagi ustunlik o‘z so‘zini aytdi. Oq donalarda o‘ynagan Belous bahsni g‘alaba bilan yakunlab, 8,5 ochko to‘plagan holda turnir g‘olibiga aylandi.
O‘nta uchrashuvda 6 ta g‘alaba, ikkita durang va shuncha mag‘lubiyat qayd etgan Marat Jumayev 7 ochko bilan turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 10-o‘rin bilan kifoyalandi.
Izoh (0)