Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tayvanda o‘tgan hafta, 23—24-yanvar kunlari kuzatilgan kuchli sovuq oqibatida kamida 85 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Focus Taiwan xabar qilmoqda.

Foto: “KirTag”

Foto: “KirTag”

Qurbonlarning 35 nafari orolning shimolidagi Taoyuan uyezdida halok bo‘lgan bo‘lsa, yana 31 kishi 24-yanvar kuni havo harorati +4 darajagacha tushib ketgan Tayvan poytaxti Taybeyda vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, bu kabi past ko‘rsatkichli harorat hududda so‘nggi 43 yilda ilk bor kuzatilmoqda.

Shuningdek, Gaosyun shahrida 65 yoshdan 93 yoshgacha bo‘lgan odamlarning 16 nafari halok bo‘lgan.

Tayvan shifokorlari aholiga iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi