Xitoy 2016-yilning 4—5-sentabr kunlari Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni taklif qildi. Bu haqda Xitoyning respublikadagi elchisi Chjan Xanxueyning jurnalistlarga bergan ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Bizga yaxshi ma’lumki, o‘tgan 2015-yilda hamkorligimiz yangi sifat darajasiga chiqdi. Prezidentlar tomonidan mamlakatlar o‘rtasida tashriflar amalga oshirildi, Qozog‘iston bosh vaziri Xitoyga ikki marta rasmiy tashrif buyurdi. Biz bu yil ham oliy darajadagi aloqalarning ushbu yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlaymiz va sizning prezidentingiz raisimiz Si Szinpinning taklifiga asosan Xitoyga boradi, deb o‘ylayman”, — dedi diplomat.
Elchining so‘zlariga qaraganda, Nazarboyev sentabr oyida G20 sammitida ishtirok etadi.
Izoh (0)