Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri va ukrainalik Vladimir Klichko o‘rtasida revansh jangini o‘tkazish 2016-yilning 7-may kuniga rejalashtirildi. Bu haqda The Daily Star xabar beradi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Jang sanasi rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, har ikkala tomon kelishuvga keldi.

Nashrning ma’lum qilishicha, dastlab Fyuri revanshni Angliya futbol maydonlaridan birida o‘tkazishni xohlagan. Biroq hozirgi paytda Myunxendagi “Alyans Arena” jang o‘tkazilishi ehtimoli katta bo‘lgan joy hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dyusseldorfda (Germaniya) 2015-yilning 29-noyabrga o‘tar kechasi WBA (Super), WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha o‘ta og‘ir vazndagi jahon chempioni Vladimir Klichko va Tayson Fyuri o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan va unda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Fyuri g‘olib deb topilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi