Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avval xabar berilganidek, 15-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Prezident so‘zlariga ko‘ra, 2030-yilga borib mamlakatda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish ko‘zda tutilgan, deb yozadi O‘zA.

“Bu yo‘lda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobidan sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2015-yildagi 33,5 foizdan 40 foizga yetkazish, qishloq xo‘jaligi ulushini esa 16,6 foizdan 8—10 foizga kamaytirish, energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishmog‘imiz kerak”, — dedi Islom Karimov.

Prezident mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2016—2030-yillarda 2 barobar ko‘payishiga erishish uchun o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 4,8 foiz darajasida bo‘lishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi. “Agar keyingi 11 yilda bu ko‘rsatkich 8 foizdan yuqori bo‘lib kelganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu vazifani amalga oshirish uchun mustahkam asos va zamin borligi yaqqol ayon bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi