O‘zbekistonning barcha hududlariga 29-dekabr kuni tuman tushishi kutilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmat markazi (“O‘zgidromet”) xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha tezlashishi kutilmoqda, boshqa barcha hududlarda shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida harorat 29-dekabrgacha o‘tar kechasi -3 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -5 darajagacha, tog‘li hududlarda esa -10 darajagacha sovishi mumkin, qolgan hududlarda 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
29-dekabr kuni kunduzi havo harorati O‘zbekiston bo‘ylab +3...+15 daraja iliq bo‘ladi, tog‘li hududlarda esa -2...+3 oralig‘ida bo‘ladi.
Avvalroq, 28-dekabr — 1-yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi borligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)