Rossiyaning “Antenna Telesem” nashriga katta intervyu bergan Maksim Galkin katta bo‘lib qolgan egizak farzandlari — Yelizaveta va Garrining eksklyuziv suratlarini taqdim etdi. Bu haqda “1news.az” xabar bermoqda.
“Bolalarning dunyoga kelishiga tayyorgarlik ko‘rgandim va juda hayajonlangandim. Dastlabki taassurotlar — quvonch va o‘ziga xos yengillik tuyg‘usi. Farzandlarimiz sog‘lom tug‘ildi va bizda ham hammasi joyida”, — dedi Maksim Galkin.
“Men farzandlarini juda yaxshi ko‘radigan va ular uchun qattiq qayg‘uradigan otaman. Bu masalada juda asabiyman, ularga biror kor-hol bo‘lishidan doim xavotirdaman. Shu sababli ham har vaqt sergakman”, — dedi artist.
“Bolalarimiz musiqaga oshufta. Liza raqsga yaxshi tushadi. U Allaga juda ham o‘xshash... Garik esa mening g‘irt “kopiyam”. Ularda bolalar royallari bor, unda o‘yin o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi”, — dedi Maksim Galkin.
Maksim Galkinning ta’kidlashicha, u farzandlari mehribon bo‘lib voyaga yetishini istaydi. “Eng asosiysi, ular boshqa kishilarga nisbatan hurmatda bo‘lishlarini, o‘z navbatida, hushyor va sergak bo‘lishlarini xohlayman”, — dedi Maksim Galkin.
Izoh (0)