Rossiya Federatsiyasining Kamchatka o‘lkasida Mi-8 vertolyotining qattiq qo‘nishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Uzoq Sharq transport bo‘yicha tergov bo‘linmasi rahbarining katta yordamchisi Oksana Polshakovaning ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan. Jabrlanganlarning aniq soni haqida bizda ma’lumot yo‘q. Tergovchilar favqulodda holat yuz bergan hududga uchib ketdi. RF Jinoyat kodeksi 263-moddasi 2-qismi (‘Xavfsizlik va havo kemasidan foydalanish qoidalarini buzish orqali odam o‘limini keltirib chiqarish’) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deydi Polshakova.
Mi-8 vertolyoti 16-dekabr, chorshanba Kamchatka o‘lkasining Sobolyevskiy tumanida qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. U gaz kompaniyasi xodimlarini olib ketayotgan bo‘lgan. Hududiy FVV olti kishining jabrlanganligini ma’lum qildi. Vertolyotda jami 22 kishi bo‘lgan.
Izoh (0)