AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi Amerika vizasini olish uchun ariza berganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘rganib chiqish ularni tekshirish jarayonining bir qismiga aylantiruvchi rejani ishlab chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal bergan ma’lumotlarga asosan, “Vesti.ru” xabar qiladi.
Tekshirish jarayoniga kiritilayotgan o‘zgarishlarning tafsiloti hozircha ma’lum emas, biroq nashrning xabar qilishicha, u yanada keng ko‘lamli islohotlarning bir qismi xolos. Bu, odatda, rasmiy yozuv va hujjatlarga asoslanib kelgan Ichki xavfsizlik vazirligi endilikda ijtimoiy mediaga ham e’tibor qarata boshlashini anglatadi.
Bundan tashqari, bu o‘zgarishlar yaqinda San-Bernardinoda ekstremistlar tomonidan 14 kishining o‘ldirilishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisaga javoban kiritilmoqda. Keyinroq aniq bo‘lishicha, terrorchilardan biri AQSh vizasini olishdan avval uchta alohida tekshiruvdan o‘tgan. Lekin tekshiruvlarning hech biri terrorchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidagi jihodni qo‘llab-quvvatlash mazmunidagi xabarlarini aniqlay olmagan.
Izoh (0)