Estoniya rahbari Toomas Xendrik Ilves Latviya Ichki ishlar vazirligi kiberxavfsizlik xizmati rahbari Iyeva Kupse bilan unashtirildi. Bu haqda “Vedomosti” davlat rahbari ma’muriyati vakillari ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Prezident saroyida ta’kidlanishicha, noyabr oyining o‘rtalarida unashtiruv masalasida bir qarorga kelingan bo‘lib, bu prezidentning o‘z vazifalarini bajarishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ilves va Kupse 2000-yillarning boshida Yevroparlamentda tanishgan edi. 38 yoshli Iyeva Kupse to‘yga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etish-etmasligi ma’lum qilinmadi.
Ilves prezidentligining ikkinchi muddati 2016-yilning avgustida o‘z yakuniga yetadi. 61 yoshli Ilves bungacha ikki marta uylangan bo‘lib, uning uch nafar farzandi bor.
Izoh (0)