Turkiya janubi-sharqidagi Mardin viloyatining Derik shahrida yuz bergan to‘qnashuv davomida Kurdiston ishchi partiyasining 15 nafar jangarisi va bir nafar turk harbiy xizmatchisi o‘ldirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Xavfsizlik kuchlari va bronlashtirilgan texnikaga hujum uyushtirgan Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilik tashkilotining 15 nafar a’zosi yo‘q qilindi. Shuningdek, terrorchilik tashkilotining ikki nafar a’zosi qo‘lga olindi. Kurdiston ishchi partiyasi a’zolarining o‘qotar qurol va granatomyotdan foydalanib uyushtirgan hujumi oqibatida bir nafar askar halok bo‘ldi, yana biri og‘ir yaralandi. Uch nafar maxsus topshiriqli otryad jangchisi yengil jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)