Global iqlim o‘zgarishlari O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu haqda, “O‘zgidromet” markazi bo‘lim boshlig‘i Raisa Taryannikovaga asoslanib, “Darakchi” gazetasi ma’lum qildi.
“2016-yil uchun taxminiy prognozlar yaqinda ekspertlar muhokamasiga topshiriladi. So‘nggi 100 yillikdagi kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, birgina Toshkent shahrida o‘rtacha yillik harorat 1,7 darajaga oshgan”, — deydi “O‘zgidromet” vakili.
Qayd etish joiz, sayyora miqyosida bu ko‘rsatkich 0,7—0,8 darajani tashkil etadi.
“Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi xulosasiga ko‘ra, asosiy xavf O‘zbekistonda havo haroratining keskin isib ketishi bilan bog‘liq”, — deydi Raisa Taryannikova.
“O‘zgidromet” vakilining ta’kidlashicha, g‘ayrioddiy issiq mavsumlar keyinchalik qurg‘oqchilikka sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)