Rossiyaning “Zenit” futbol jamoasi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash “Match TV” telekanaliga bergan intervyusida futbol bo‘yicha Rossiya chempionati doirasida Grozniyda “Terek” va peterburgliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin chog‘ida mikrofon orqali baqirgan Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov ustidan shikoyat qildi.
“Faqat Rossiyadagina futbol o‘yinlari bayram kechasiga o‘xshaydi. 22 futbolchi maydon bo‘ylab yugurdi, kimdir to‘xtamasdan mikrofon orqali baqirdi, hakamning esa buni to‘xtatishga jur’ati yetmadi”, — dedi portugaliyalik mutaxassis.
O‘yin davomida Checheniston rahbari bir necha marta mikrofon orqali jamoa va muxlislarga qarata qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlarni baqirib aytgan edi. Uchrashuv 4:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.
Izoh (0)