Moskvadagi “Otkritiye Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Rossiya chempionati 16-turining “Spartak” va “Krasnodar” jamoalari o‘rtasidagi o‘yini (3:2) davomida ikki nafar muxlis hayotdan ko‘z yumgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
O‘yinning birinchi bo‘limida yuqori martabali shaxslar lojasida Moskva markaziy ma’muriy okrugi rahbari Viktor Fuyer yurak xuruji tufayli olamdan o‘tgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanganidan so‘ng “Spartak”ning yana bir ishqibozi vafot etgani oydinlashdi.
Ikkinchi ishqibozning o‘limiga ham yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda, shifokorlar uni qutqarib qololmagan.
Izoh (0)