Tayvanda Xitoy bilan siyosiy aloqalar mustahkamlanishiga qarshi bo‘lgan o‘nlab kishilar parlament binosini egallashga harakat qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Namoyishchilar 7-noyabr, shanba kuni Singapurda o‘tadigan Xitoy Davlat kengashi raisi Si Szinpin va Tayvan prezidenti Ma Inszyu uchrashuviga qarshi chiqmoqda. Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi muzokaralar 1949-yildan beri ilk bor o‘tkazilmoqda.
Ma Inszyuning muxoliflari Xitoy bilan yaqin munosabatlar Pekinning ta’siri kuchayishiga olib kelishidan xavfsiramoqda. Politsiya bir necha namoyishchilar qo‘lga olingani aytilmoqda, ammo ularning aniq soni ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)