GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish quvvatini 20 foizga — yiliga 250 mingta avtomobildan 300 mingtagacha oshiradi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Bu haqda IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi salohiyati taqdimoti chog‘ida ma’lum qilindi.
GM Uzbekistan tizimida Asaka (Andijon viloyati), Toshkent va Pitnak (Xorazm viloyati)da uchta zavod faoliyat yuritadi.
Asakada Matiz, Nexia, Cobalt, Lacetti va Spark yig‘iladi, 2016-yilda yangi T250 modeli chiqarilishi kutilmoqda. Korxonaning quvvati yiliga 250 mingta avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Captiva va Malibu avtomobillari yig‘iladigan Toshkentdagi avtozavod quvvati yiliga 10 mingta avtomobilni tashkil qiladi.
Pitnakdagi zavod yiliga 40 mingta Damas, Labo va Orlando ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Izoh (0)