O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 3-noyabr kuni Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“TIV rahbari 200 dan ortiq insonning fojiali halok bo‘lishiga olib kelgan 2015-yil 31-oktabrda Rossiya yo‘lovchi samolyotining Misr hududidagi falokati munosabati bilan ta’ziya bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Xabar berishlaricha, elchi Vladimir Tyurdenov O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yo‘llagan dalda va hamdardlik so‘zlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 31-oktyabr, shanba kuni Rossiyaning Metrojet (“Kogalimavia”) aviakompaniyasiga tegishli Airbus A321 yo‘lovchi samolyoti Misrning Shimoliy Sinay viloyatida aviahalokatga uchrashi oqibatida layner bortida bo‘lgan 224 kishining barchasi halok bo‘ldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Rossiya fuqarolari edi.
Izoh (0)