2015-yilning 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Benin Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Aniset Gabriel Kachofani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Benin aloqalarini ikki tomonlama formatda rivojlantirish hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)