Shveysariyaning Nyon shahrida Yevro—2016 saralashining pley-off bosqichiga qur’a tashlandi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan 8 terma jamoa qur’a natijasiga ko‘ra 4 ta juftlik hosil qildi.
Qur’adan oldin jamoalar ikkita savatchaga ajratilgan edi:
1-savatcha: Bosniya va Gersegovina, Ukraina, Shvetsiya, Vengriya.2-savatcha: Daniya, Irlandiya, Norvegiya, Sloveniya.
Qur’a natijalari esa quyidagicha bo‘ldi:
Ukraina – SloveniyaShvetsiya – DaniyaBosniya va Gersegovina – IrlandiyaNorvegiya – Vengriya
Pley-off bahslarining dastlabki o‘yinlari 12—14-noyabr, javob uchrashuvlari 15—17-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Juftlik g‘oliblari kelasi yili Fransiyada o‘tadigan Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)