2014-yil oxirida BMT Xalqaro turizm tashkilotining “Ipak yo‘li merosi yo‘laklari” loyihasi doirasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi va uning natijalariga ko‘ra, “O‘zbekiston sayyohlar nigohida. 2014-yilgi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro tashrifchilari o‘rtasidagi so‘rov natijalari” maqolasi e’lon qilindi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar soni o‘sgan: 2009-yilda ular 1,2 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilda 2 million kishiga yetgan. O‘zbekistonga kelayotganlarning ko‘pchiligi Rossiya, Turkiya, Hindiston, Germaniya va Koreya fuqarolaridir.
So‘ralganlarning 72 foizi respublikadagi narxlarni sayyohlar uchun maqbul deb atadi. 83 foiz sayyohlar O‘zbekistonga sayohatni xavfsiz deb hisoblaydi, ularning 76 foizi o‘z yaqinlariga ushbu mamlakatga safar qilishni tavsiya etadi. So‘rov ishtirokchilarining 89 foizi o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini qayd etdi.
Izoh (0)