O‘zbekistonning bosh maqsadli vazifasi ko‘p tarmoqli iqtisodiyoti barqarorlik bilan rivojlanayotgan, aholisi turmush tarzi yuqori daraja va sifatda bo‘lgan demokratik jihatdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishdan iborat. Bu haqda 25-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha sammitida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
“2030-yilga kelib, O‘zbekistonning o‘rtacha dunyo ko‘rsatkichidan yuqori daromadga ega davlatlar qatoriga kirishi biz uchun asosiy mo‘ljal hisoblanadi”, — dedi vazir.
“Qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, uy-joy va kommunal xizmatlar, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha shahar va qishloq o‘rtasidagi chegarani yo‘qotishga alohida ahamiyat berilmoqda”, — dedi Abdulaziz Kamilov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda yakka tartibdagi qulay qishloq uy-joylari qurilishi bo‘yicha unikal kompleks dasturni amalga oshirish davom ettiriladi.
Izoh (0)