Nigeriya shimoli-sharqida yuz bergan portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Agence France-Presse agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa o‘tgan yakshanba — 20-sentabr kuni Monguno nomli aholi yashash punktida yuz bergan.
Hozircha mamlakat hududida faoliyat olib boruvchi terrorchilik guruhlaridan hech biri mazkur hodisa uchun javobgarlikni o‘ziga olgani yo‘q.
Izoh (0)