Shimoliy Koreyada yog‘ingarchiliklar natijasida yuzaga kelgan suv toshqini qurbonlari soni 40 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Suv toshqini o‘tgan dam olish kunlari mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan, Rossiya va Xitoy chegarasi yaqinidagi Rason shahrida yuzaga keldi. Janubiy Koreyaning Ryonxap agentligi ma’lumotlariga qaraganda, jami 11 mingga yaqin kishi jabrlangan. 150 ta uy to‘liq vayron bo‘lgan, yana 860 tasiga zarar yetgan. 40 kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy hukumat hozircha hodisani hech qanday izohlamadi.
Izoh (0)